Tuvalu tashqi ishlar vaziri xalqaro sammitda tizzagacha suvda turib nutq so‘zladi
Bayroqlar fonida rasmiy nutq. Tuvalu tashqi ishlar vaziri COP26 sammitida g‘ayrioddiy nutq so‘zladi: "Atrofimizda dengiz ko‘tarilayotgan bir paytda, biz shunchaki nutqni kutib o‘tira olmaymiz", - degan so‘zlarni Saymon Kofe tizzagacha suvda turib gapirdi.
Polineziyadagi bu kichik orol davlati shu alfozda global isish muammosiga e’tibor qaratmoqchi bo‘ldi. Dengiz sathining ko‘tarilishi tufayli yaqin o‘n yilliklarda Tuvalu yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Sayyoramizning eng sovuq qismlarida muzliklar erishi 12 mingga yaqin aholisi bo‘lgan Tuvalu kabi past orol yoki qirg‘oqbo‘yi hududlarida yashovchi millionlab odamlar uchun halokatli oqibatlarga olib keladi. Erish esa sekinlashmaydi, faqat tezlashadi.
Iqlim o‘zgarishi tufayli dengiz sathining ko‘tarilishi Tinch okeani va dunyoning boshqa okeanlarida ba’zi orol-davlatlarning omon qolishi dargumon.
«Bundan maqsad - sammitda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini his qilish nima ekanligini dunyo yetakchilariga yetkazish edi. Biz bir-biriga bog‘liq dunyoda yashyapmiz va dunyoning bir chekkasida nimadir qilayotganingiz barchamizga ta’sir qiladi», dedi Simon Kofe.