Universitet domlalari maktab o‘qituvchilariga dars o‘tdi

Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Bulung‘ur tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga biriktirilgan. Maktablarda ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasasiga qamrovini kengaytirish maqsadida universitet o‘qituvchilari maktablarda bo‘lib, maktab o‘qituvchilariga mahorat darslari, seminarlar tashkil etmoqda.

Xuddi shunday tadbirlardan biri tumandagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Universitetning masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari – Abdurashid Nomozov va Ulug‘bek Saipov maktabning pedagogik jamoasiga “Grafika, orfografika va uning tamoyillari” va “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” mavzularida seminar-trening darslari o‘tib berdi.

Bunday seminarlar maktab o‘qituvchilarining o‘z ustida yanada mas’uliyat bilan ishlashiga motivatsiya beradi.