Urgut tumani adliya bo‘limi mutasaddilari muhtojlar holidan xabar oldi

Urgut tumani adliya bo‘limi tashabbusi bilan Tosharaq, Mazortepa, Yuqori Kalangar, Mo‘minobod, Quyiguzar mahallalarida yashovchi 15 nafar 1-2 guruh nogironlari, keksalar, ijtimoiy himoyaga xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Shuningdek, adliya bo‘limi mutaxassislari tomonidan pandemiya sharoitida fuqarolarga karantin qoidalariga rioya qilish, mazkur qoidalar buzilganda qonunchilikda belgilangan javobgarik masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.