Urgut va Bulung‘urda yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departament hamda Davlat xavfsizligi xizmati Urgut tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.M. tanishiga qarashli “R.” fermer xo‘jaligining 15 sotix yer maydonini fuqaro K.ga ajratib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, departament hamda DXXning Bulung‘ur tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.M. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, unga “M.” fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonidan 25 sotixini 35 million so‘m evaziga tanishlari orqali olib berishga va’da qilib, oldindan 10 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.