Urgutda 65 000 dollarga yer sotayotgan fermer ushlandi

Ma’lum bo‘lishicha, Urgut tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birining rahbari, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro “J.Q.” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 50 sotix lalmi yer maydonini yaqin aloqachisi “B.A.” orqali mahalliy fuqaroga 65.000 AQSh dollariga sotishga kelishgan.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari bilan hamkorlikda 11 yanvar kuni Urgut tumanida o‘tkazilgan tezrok tadbirda fermer yuqoridagi kelishilgan mablag‘dan 30 000 dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda, yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.