Jomboyda 10 sotix yerni 11 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
- 02.08.2022 17:35
- 230
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqarolar A.Sh. va I.X. fuqaro Z.ning xabardorligisiz unga qarashli 5 sotix yer maydonini hamda ushbu hududga tutash hokimlik zaxirasidagi yana 5 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaroga firibgarlik yo‘li bilan 11 000 AQSh dollariga sotishga kelishgan. Shundan 10 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.