Qo‘shrabotda 125 million so‘mga davlat zaxirasidagi yer maydonini sotayotgan shaxs ushlandi
- 06.02.2025 12:05
- 320
- Jinoyat va jazo
Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh etilgan.
Fuqaro J.Sh. fuqaro H.T.ning ishonchiga kirib, "Tinchlik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi davlat zaxirasidagi 25 sotix yer maydonini go‘yoki o‘ziniki ekanligini va 125 million so‘mga sotishini aytib, kelishilgan pullardan 100 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
noqonuniy yer
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yoqutiston delegatsiyasi Samarqandga keldi
- 1 soat avval
- Samarqand
Yangi ko‘prik nega qulash darajasiga keldi?
- 3 soat avval
- Samarqand