Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda elektr energiyasidan qarzdorliklarni yo‘q qilib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida, Urgut tumani elektr ta’minoti korxonasida bo‘lim rahbari vazifasida ishlovchi S.T. va boshqalar “K.B.” fermer xo‘jaligi rahbari A.N. va “A.Y.” MChJ rahbari U.X.ning elektr energiyasidan qarzdorligini so‘ndirish uchun 35 mln so‘m va 300 AQSh dollarini qo‘lga kiritishib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.