Urgutda G‘ijduvon mahallasi tumanda eng namunali deb topildi

27 avgust kuni tumandagi “G‘ijduvon” mahalla fuqarolar yig‘inida viloyat miqyosida xotin-qizlar faolining joriy yilda bajargan ishlari sarhisobi bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda Respublika ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish markazi viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda tuman hokimligi mutasaddilari ishtirok etdi.

Seminar davomida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi”gi qonunlarga asosan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda mahalalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi samaradorligini oshirish masalalari muhokama etildi.

Seminar so‘nggida G‘ijduvon mahallasi xotin-qizlar faoli Nodira Mo‘minovaning ish faoliyati tuman miqyosida namunali deb topildi. “G‘ijduvon” mahalla fuqarolar yig‘ini esa eng tumanda namunali deb tan olingan.

Ta’kidlanishicha mahallada xotin-qizlar faolining sa’y-harakatlari va huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘zining natijasini bergan. Ishsiz xotin-qizlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, oilaviy ajrimlar, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik kabi salbiy holatlar oldi olingan.