Urgutda kabutar ovlagan fuqaro qimmatga tushdi

Hozir barcha hududlarda ov mavsumi to‘xtatilgan bo‘lishiga qaramasdan ayrim uddaburon ovchilar sevimli kasbini sog‘ingan ko‘rinadi.

Urgut tumani Taroqli mahallasidagi fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi aholi dehqonchilik qiladigan maydonlarda shu kabi noqonuniy ov qilish holati aniqlandi. Fuqaro A.B. o‘ziga tegishli bo‘lgan 16 kolibrli, ij-17 rusumli, SE T 05432 raqamli silliq stvolli ov miltig‘ida cheklovga qaramasdan ov qilib 5 dona yovvoyi kabutar otganligi soha mutaxassislari tomonidan aniqlandi. 

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi nazorat inspektorlari ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 16 kolibrli, ij-17 rusumli, SE T 05432 raqamli silliq stvolli ov miltig‘i ashyoviy dalil sifatida olinib, Urgut tuman IIO FMBga vaqtincha saqlash uchun topshirildi.

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.