Urgutlik fermerning 9 yillik muammosi 15 kunda ijobiy hal etildi
Buning uchun “Olim” (nomi o‘zgartirilgan) fermer xo‘jaligi rahbari Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, Urgut tumani hokimining 2015 yil 17 noyabrdagi qaroriga ko‘ra, fermer xo‘jaligining yer maydoni 21,40 gektar etib belgilangan. Lekin 2023 yilga qadar 69,70 gektar yer maydoni uchun yer solig‘i hisoblab kelingan.
Tadbirkor ushbu muammoni hal qilish uchun uzoq vaqtdan buyon idorama-idora sarson yurgan.
Murojaatni o‘rganish yakunlariga ko‘ra vakil devoni xodimlarining aralashuvi bilan fermer xo‘jaligiga 2021-2023 yillar uchun hisoblangan yer solig‘i qayta hisob-kitob qilinishi hamda soliq boshqarmasi ma’lumotlar bazasida yer solig‘i bo‘yicha asosiy qarz va penyalar kamaytirilib, tadbirkorning huquqlari tiklanishi ta’minlangan.