Xivadan xabar: Universitet jamoasi velosayrda

Urganch davlat universiteti rektori boshchiligida oliygoh rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokida qadimiy Xiva shahrida velosayr tashkil etildi.

Tarixiy muhit bag‘rida, erta tongning musaffo havosida o‘tgan mazkur tadbir ishtirokchilar uchun nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki jamoa o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash, ijobiy kayfiyat va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.

– Velosport nafaqat sport turi, balki sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi hisoblanadi, – dedi universitet rektori Feruza Madrahimova. – U inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, ijtimoiy faollikni ham oshiradi. Zero, sog‘lom tanda – sog‘lom aql. Sog‘lom muhit esa yuqori ish unumdorligi va katta yutuqlarning garovidir.

Ahmadjon Shokirov.

***

P/s: Bunday tashabbusni Samarqand shahrida ham samarali tashkil etca bo‘ladi. Samarqandning boy tarixiy obidalari va keng ko‘chalari velosayrlar uchun juda qulay muhit yaratadi. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida muntazam ravishda bunday tadbirlarni o‘tkazish sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bilan birga, jamoada birdamlikni kuchaytiradi. Balki viloyatimizdagi oliygohlar ham velosayr tashkil etar, va albatta undan keyin boshqa tashkilotlar ham bu xayrli ishga kirishadi.