Usmon Dembele — «Oltin to‘p» sohibi

Fransiya poytaxti Parij shahrida «Oltin to‘p-2025» g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Asosiy sovrin — mavsumning eng yaxshi futbolchisiga atalgan «Oltin to‘p»ni «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritdi.

Fransiyalik 28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda parijliklar bilan Chempionlar Ligasi, Liga1, mamlakat kubogi va superkubogida zafar quchdi.

Shuningdek, YeChL va Liga1 da eng yaxshi o‘yinchiga aylandi, Fransiya chempionatida eng yaxshi to‘purar ham bo‘ldi.

Dembele sovrin uchun kurashda Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Top-10 quyidagicha:

1. Usmon Dembele («PSJ»)
2. Lamin Yamal («Barselona»)
3. Vitinya («PSJ»)
4. Muhammad Saloh («Liverpul»)
5. Rafinya («Barselona»)
6. Ashraf Hakimi («PSJ»)
7. Kilian Mbappe («Real»)
8. Koul Palmer («Chelsi»)
9. Janluiji Donnarumma («PSJ»/ «Manchester Siti»)
10. Nunu Mendesh («PSJ»)
Ayollar o‘rtasida esa «Oltin to‘p» «Barselona» yarimhimoyachisi Aytana Bonmatiga nasib etdi. 27 yoshli ispan qatorasiga uchinchi bor tengsiz futbolchiga aylandi.

Tadbirda mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi, eng yaxshi murabbiyi, eng yaxshi darvozaboni, eng yaxshi hujumchisi va eng yaxshi klubi ham aniqlandi.

Eng yaxshi ayol futbolchi — Aytana Bonmati («Barselona»);

Eng yaxshi darvozabon — Janluiji Donnarumma («PSJ»/ «Manchester Siti»);

Eng yaxshi ayol darvozabon — Hanna Hempton («Chelsi»/Angliya);

Eng yaxshi murabbiy — Luis Enrike («PSJ»);

Ayollar futbolida eng yaxshi murabbiy — Sarina Vigman (Angliya terma jamoasi);

Eng yaxshi jamoa — «PSJ» (Fransiya);

Eng yaxshi ayollar jamoasi — «Arsenal» (Angliya);

Eng yaxshi yosh futbolchi — Lamin Yamal («Barselona»/Ispaniya);

Ayollar futbolida eng yaxshi yosh futbolchi — Viki Lopes («Barselona»/Ispaniya);

Eng yaxshi to‘purar — Viktor Gyokeresh («Sporting»/«Arsenal»);

Ayollar futbolida eng yaxshi to‘purar — Eva Payor («Barselona»).