Ustoz qanday qilib muvaffaqiyatga erishishni tushuntirgani haqida
- 01.10.2023 18:54
- 177
- O'qing, qiziq!
Bir kuni talaba ustozi oldiga kelib, undan qanday qilib muvaffaqiyatga erishishni o‘rgatishini so‘radi.
Ustoz katta bochkani suv bilan to‘ldirdi va talabadan unga kirib, boshi bilan sho‘ng‘ishni so‘radi.
Talaba sho‘ng‘idi.
Bir necha soniyadan so‘ng u suv yuzasiga chiqishga harakat qildi, lekin ustoz uni boshini ushlab turar va suv yuzasiga chiqqani qo‘ymasdi.
Talaba yanada qat’iyroq haraqat qildi va oxiri qarshilikni yengishga muvaffaq bo‘ldi.
Nafas rostlab, ustozidan nega boshini suvdan ko‘tarishga yo‘l bermaganini so‘radi.
- Ayt-chi, suv yuzasiga chiqa olmaganingda nimani his qilding? Eng ko‘p nimani xohlading?
- Bor kuch-quvvatimni ishga solganimni his qildim. Nafas olishni xohladim, - deya javob berdi talaba.
- Bu tuyg‘uni eslab qol. Va xuddi shu tuyg‘u bilan ilm ol, kasb-hunar o‘rgan, muvaffaqiyatga intil. Shunda hammasi yaxshi bo‘ladi, - deya javob berdi ustoz.
G.XOLDOROVA tayyorladi.