Uyali aloqa vositalarini oziq-ovqatlar orasiga yashirib o‘tayotgan fuqaro to‘xtatildi
- 10.06.2019 11:09
- 107
- O‘zbekiston
Bojxona xodimlari “Toshkent” xalqaro aeroportida uyali aloqa vositalarini yashirincha olib kirishga uringan fuqaroning “ustamonligini” fosh etishdi.
«Seul-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaro Z.R. harakatlanish uchun «yashil» yo‘lakni tanlab, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida sumkalari ichida oziq-ovqat mahsulotlari borligini ma’lum qildi.
Biroq, fuqaro Z.R. ning qo‘l yuklari rentgen-skaner qurilmalaridan o‘tkazilganda, ushbu fuqaroning “ustamonligi” fosh bo‘ldi. Sumkalar ichidagi oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan va jismoniy shaxslar uchun tovarlarni bojsiz olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan qiymati 26 million so‘mlik 114 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.