Uyida 1 tonna nos saqlayotgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 23 aprel kuni Navoiy shahri Humo mahallasi hududiga biriktirilgan Milliy gvardiya xodimi Umidjon Karimov hamda profilaktika inspektori Umidjon Hazratovlar dezinfeksiya nazorat tadbirlarini amalga oshirish jarayonida qoidabuzarlikni aniqlab, qonun buzilishiga chek qo‘ydi, deb xabar berdi Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.

Surishtiruv natijalariga ko‘ra, 1978 yil tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus, oilali, ayni paytda Samarqand viloyati Narpay tumani, Yangiqo‘rg‘on mahallasida ro‘yxatda turuvchi fuqaro V.U. Navoiy shahri Humo mahallasi, 7-uyda obodonlashtirish va sanitariya qoidalarini keskin tarzda buzib, noqonuniy ravishda 1 tonna nos tamaki mahsulotini saqlayotganligi aniqlandi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.