"UzAuto Motors" "shapka tizimi"ga oid xabarlarga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda "UzAuto Motorsda" yana avtomobillarni sotib olish uchun "turnaqator navbatlar" yuzaga kelgani va buning oqibatida "shapka tizimi" qaytgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Kompaniya ushbu xabarga aniqlik kiritdi.
"Yuzaga kelgan holatdan foydalanib, ba’zi bir vijdonsiz bo‘lgan sub’yektlar tomonidan spekulyativ vaziyatlar va noqonuniy harakatlar (jumladan, «shapka» so‘rash – tahr.) sodir etilayotganini hamda bunga qarshi «O‘zavtosanoat» AJ faol kurash olib bormoqda.
Agar siz avtomobil xarid qilish vaqtida ma’lum bir avtomobil modelini sotib olish bo‘yicha shartnomalar yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lgan qonunbuzarlik yoki boshqa turdagi korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan "UzAuto Motors" AJning mijozlar bilan ishlash markazi 78 141 77-77 yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 1007 qisqa raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizning maxfiy qolishi kafolatlanadi!», deyilgan xabarda.