“Vatanparvar” tashkiloti yoshlarda harbiylikka havas uyg‘otmoqda

Samarqand shahridagi 64-maktab-internatida Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi jamoatchilik kengashi raisi O‘.Shodiyev, kengashi a’zosi, polkovnik S.Salihov, “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi bosh mutaxassisi D.Toshbekov, Samarqand tumani o‘quv sport-texnika klubi boshlig‘i o‘rinbosari N.Hikmatovlar harbiylik kasbining mashaqqati va sharafi, keyingi yillarda ularga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida gapirib berdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatanni ulug‘lovchi she’r va qo‘shiqlar aytildi. Ular o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etilib, faol ishtirokchilar kitob va boshqa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

"Vatanparvar" tashkiloti viloyat kengashi tomonidan tashkil etilayotgan bunday tadbirlar oylik doirasida barcha tuman va shaharlarda, shuningdek, harbiy qismlar va ta’lim muassasalarida o‘tkazilmoqda.

Ziyodulla XOJIYeV.