Vetnamda so‘nggi 3 oyda birinchi koronavirus holati qayd etildi
25 iyul kuni Vetnam so‘nggi uch oy ichida ilk bora mamlakat ichida koronavirus holatini qayd etdi. Bu haqda Vetnam davlati yangiliklar agentligi (VNA) xabar berdi.
Kasallanish holati biroz oldin o‘tkir respirator kasalliklari belgilari bilan dengiz qirg‘og‘ida joylashgan Da Nang shahri mahalliy kasalxonalarining biriga joylashtirilgan 57 yoshli fuqaroda aniqlandi. Undan to‘rt marta COVID-19 ga tahlil olindi. Tahlillarning barchasi unda koronavirus infeksiyasi borligini ko‘rsatdi.
Agentlik taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, bemor Da Nang shahri tumanlarining birida istiqomat qiladi. U so‘nggi bir oy ichida faqatgina qo‘shnilari va qarindoshlari bilan muloqot qilgan va uyidan uzoqqa chiqmagan.
Bemorning tahlil natijalari aniq bo‘lganidan so‘ng u bilan muloqotda bo‘lgan 102 kishi karantinga olingan. Qiziq jihati shundaki, bemor bilan muloqotda bo‘lgan 102 kishining birontasida ham koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.