Viloyat hokimi kubogi "SamDU" jamoasiga nasib etdi

Bugun futzal bo‘yicha havaskor jamoalar o‘rtasida Samarqand viloyati hokimi kubogining final bahsi bo‘lib o‘tdi. Finalda "Dinamo" hamda "SamDU" jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib bordi.
Uchrashuvda "Dinamo" jamoasi o‘yinchisi Shaxram Faxriddinov va "SamDU" jamoasi o‘yinchisi Jahon Saydullayev raqib darvozasiga bittadan gol urib, hisobni tenglashtirdi.
Penaltilar seriyasida “SamDU” “Dinamo”chilarni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va hokim kubogi universitet jamoasiga nasib etdi.

Faxriddin OBLONAZAROV.