Viloyat hokimidan shaxsiy tomorqa egasigacha: Prezident samarqandlik bir guruh faol insonlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2024 yil 24 avgustda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni qabul qildi.
Farmonga ko‘ra, mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha soha va tarmoqlarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Ular orasida viloyatimizdan quyidagilar bor:
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
TURDIMOV Erkinjon Oqbo‘tayevich - Samarqand viloyati hokimi
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
EShMURATOVA Matluba Narzullayevna - Oqdaryo tumanidagi «O‘zbekiston» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli
«Do‘stlik» ordeni bilan
AZIZOV Farmon Izzatovich - «Nuroniy» jamg‘armasining Urgut tumani bo‘limi raisi
MAMATQULOV Murodali Haydarovich - Samarqand shahridagi «Maroqand obod» davlat unitar korxonasi maxsus avtomashina haydovchisi
«Jasorat» medali bilan
AZAMATOVA Fotima Azamatovna - «Hunarmand» uyushmasining Paxtachi tumani bo‘limi a’zosi, kashtachi
«Shuhrat» medali bilan (100 yoshdan oshganlar)
SAIDOVA Buvsara - Ishtixon tumani
«Shuhrat» medali bilan
Jahongirov Tolib Muzaffarovich - Samarqand shahridagi «Shaherezada Sam Star Tour» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori
JO‘RAYeV Suhrob Mardonovich - Samarqand shahri obodonlashtirish boshqarmasi ko‘kalamzorlashtiruvchisi
TOShEV Sobirjon Qahhorovich - Samarqand shahridagi «Univer Pro Stile» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari.
ABDULLAYeV O‘tkir Nurullayevich - Jomboy tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi