Viloyat musiqali drama teatrida "Yalangto‘sh Bahodir" spektakli premerasi bo‘lib o‘tdi
Dramaturg Farmon Toshev qalamiga mansub ushbu asar rejisssyor G‘ofur Mardonov tomonidan sahnalashtirgan.
Spektaklda buyuk o‘zbek sarkardasi Bahodir Yalangto‘shning bunyodkorlik ishlari, yurt obodligi, xalq farovonligi yo‘lidagi xizmatlari o‘z aksini topgan.
Asar voqealari asosan 1619-1640 yillarni o‘z ichiga oladi. Aynan shu yillar davomida Yalangto‘sh Bahodirni zaminimiz bunyodkorligi uchun o‘z hissasini qo‘shgan, buyuk obidalarimiz sanalmish Tillakori va Sherdor madrasalarining bunyod bo‘lishiga sabab bo‘lgan ulkan mehnati va mashaqqatlari aks etgan voqealar asarda jonlantirilgan.
Spektaklda Bahodir Yalangto‘shning jangovar qudratini ifodalovchi sahnalar, bunyodkorlik ishlari, adolatli rahbarligi, uddaburon davlat arbobi ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
- Yalangto‘sh Bahodir hali ko‘pchilik yosh avlodga tanish emas, - deydi rejissyor G‘afur Mardonov. - Ammo bu spektakl orqali Samarqand amiri, adolatli sarkarda siymosi yosh avlodni, qolaversa, barcha teatr ixlosmandlarining qalbidan chuqur joy egallaydi va tarixga, bobokalonlarimizga bo‘lgan ehtiromimizni yana bir pog‘ona yuksaltiradi. Spektakl kattayu kichik teatr ixlosmandlarida katta taassurot qoldirdi.
Premerada viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.