Viloyat musiqali drama teatridan yana bir tashabbus

Teatr jamoasi karantin vaqtida repertuaridagi spektakllarni Yutub ijtimoiy tarmog‘i orqali teatr ixlosmandlari uchun namoyish etmoqda.
Ilk spektakl Vilyam Shekspirning “Qirol Lir” asari bo‘ldi. Shuningdek, viloyat musiqali drama teatri repertuaridagi eng sara spektakllar ushbu ijtimoiy tarmoq orqali muxlislarga havola etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Vilyam Shekspirning mazkur asari ingliz tilidan O‘zbekiston xalq shoiri Jamol-Kamol tarjimasi asosida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan.
Voqealar Britaniyada bo‘lib o‘tib, asarda jamiyatdagi ijtimoiy muammolar, ota va farzandlar o‘rtasidagi taxt uchun kurash tasvirlangan.