Viloyat saylov komissiyasining QARORI
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashiga saylov bo‘yicha saylov kampaniyasi davrida siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarning ommaviy axborot vositalarida saylovoldi tashviqoti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 12 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovlarida ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti to‘g‘risida»gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 19, 44, 48-moddalariga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylovlarda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarga va deputatlikka nomzodlarga teng imkoniyatlar va sharoit yaratish maqsadida viloyat saylov komissiyasi QAROR QILADI:
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 12 noyabrdagi 977-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar deputatlari saylovi bo‘yicha siyosiy partiyalarning va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2019 yil 18 noyabr soat 06:00 dan boshlanishi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
- Saylovlarida ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarga saylovoldi tashviqoti davrida viloyat teleradiokompaniyasining tele va radiokanallarida chiqishlari uchun bepul ajratiladigan efir hamda eshittirishlar hajmi va vaqti 1-ilovaga muvofiq;
«Zarafshon», «Samarkandskiy vestnik» va «Ovozi Samarqand» gazetalarida bepul ajratiladigan nashr maydoni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Saylovoldi tashviqoti davrida siyosiy partiyalar vakillarining va deputatlikka nomzodlarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlari quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
birinchi - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi;
ikkinchi - O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi;
uchinchi - O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi;
to‘rtinchi - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi;
beshinchi - – O‘zbekiston Ekologik partiyasi.
- Belgilansinki:
bepul ajratiladigan efir va eshittirish vaqti va nashr maydonidan foydalanish turlari, shakllari va usullarini siyosiy partiyalar mustaqil belgilaydilar;
siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlar bepul ajratilgan efir va eshittirish vaqtidan va chop etish maydonidan voz kechishga haqli.
- Viloyat teleradiokompaniyasi, «Zarafshon», «Samarkandskiy vestnik» va «Ovozi Samarqand» gazetalari tahririyatlari:
siyosiy partiyalar vakillari va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti doirasida chiqishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratsin;
bepul ajratilgan efir vaqti va nashr maydoni doirasida uzatilayotgan hamda chop etilayotgan saylovoldi tashviqoti materiallarini ular saylovoldi tashviqoti materiallari ekanligini qayd etib borsin.
- Saylov kodeksining 46-moddasiga asosan davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalarida deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalarga haq evaziga efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkinligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, siyosiy partiyaga yoki deputatlikka nomzodga haq to‘lash asosida efir vaqti yoki bosma maydoni berilgan taqdirda ommaviy axborot vositalari bu haqda boshqa siyosiy partiyalar va tegishli saylov okrugidan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlarni teng va bir xil shartlarda efir vaqti yoki bosma maydoni ajratishga tayyorligini ifoda etgan holda xabardor qilishga majburdirlar.
- Ommaviy axborot vositalari:
barcha deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar uchun efir vaqti, nashr maydoni uchun haq to‘lashning teng va bir xil shartlarini va boshqa talablarini ta’minlasin; axborot dasturlarida va boshqa axborot materiallarida siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tadbirlarini yoritishda teng sharoitlar yaratsin, shu jumladan davomiyligi va hajmi bo‘yicha, axborot materiallarini efirga uzatish hamda chop etishda ular ko‘proq birgalikda berilishiga e’tibor qaratsin;
saylovoldi tashviqoti borishini yoritishda Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 5 oktyabrdagi 950-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga amal qilsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi:
saylovoldi tashviqoti mobaynida umumiy foydalanadigan telekommunikatsiya tarmoqlarida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, veb-saytlar tomonidan qonunchilik va mazkur qaror talablariga rioya qilishning uzluksiz monitoringi o‘tkazilishini ta’minlasin;
ommaviy axborot vositalarining saylovoldi tashviqoti mobaynidagi faoliyati monitoringi natijalarini har haftada viloyat saylov komissiyasiga taqdim qilsin.
- Shahar va tuman saylov komissiyalariga 2019 yil 18 noyabrga qadar Xalq deputatlari shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘yicha siyosiy partiyalarning hududiy organlari bilan kelishgan holda saylovoldi tashviqotini o‘tkazish maqsadida siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning mahalliy davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishi hajmi va vaqtini belgilash tavsiya qilinsin.
- Shahar va tuman hokimliklarining siyosiy partiyalarga saylovoldi tashviqoti materiallarini joylashtirish uchun 3-ilovaga muvofiq tashqi reklama vositalari va elektron monitorlarni bepul ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat Kengashiga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda tashqi reklama vositalari joylashadigan yerlarni belgilasin va saylovoldi tashviqoti materiallarini joylashtirish uchun ularni siyosiy partiyalarga teng ravishda taqdim etsin.
- Shahar va tumanlar hokimliklariga uchastka saylov komissiyalarini saylovoldi tashviqoti davrida uchastka hududida ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilni inobatga olib, «Zarafshon», «Samarkandskiy vestnik» va «Ovozi Samarqand» gazetalari gazetalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish tavsiya etilsin.
- Viloyat Ichki ishlar hamda Milliy gvardiyasi boshqarmalari siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarni saylovoldi tashviqoti tadbirlarini va saylovchilar bilan uchrashuvlarini o‘tkazish vaqtida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
- Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarga teng shartlarda jihozlangan xonalar bepul taqdim etilishini ta’minlasin, zarur ma’lumot va axborot materiallarini olishda ko‘maklashsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida saylovoldi tashviqoti shartlari va tartibini buzish, nomzodlar, siyosiy partiyalar to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar tarqatish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida axborot, tashviqot materiallarini qasddan yo‘q qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish, jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari taxminlarini chop etish (e’lon qilish) tartibini buzish uchun javobgarlik choralari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish viloyat saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari R.Yuldoshev zimmasiga yuklansin.
Viloyat saylov komissiyasi raisi S.Nuriyev
Samarqand shahri
2019 yil 16 noyabr
Viloyat saylov komissiyasining 2019 yil 16 noyabrdagi 14-son qaroriga 1-ilova
Saylovlarida ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarga saylovoldi tashviqoti davrida Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida bepul ajratilgan
EFIR HAJMI VA VAQTI
(18 noyabrdan – 20 dekabrgacha)
Hafta kunlari |
Siyosiy partiyalar |
Ko‘rsatuv va eshittirish nomi |
Efirga uzatish sanasi va vaqti |
|
Dushanba |
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi |
“Saylov-2019” |
18 noyabr, 25 noyabr, 2 dekabr, 9 dekabr, 16 dekabr 30 daqiqadan |
Soat 20:00-20:30 |
Seshanba |
O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi |
“Saylov-2019” |
19 noyabr, 26 noyabr, 3 dekabr, 10 dekabr, 17 dekabr 30 daqiqadan |
Soat 20:00-20:30 |
Chorshanba |
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi |
“Saylov-2019” |
20 noyabr, 27 noyabr, 4 dekabr, 11 dekabr, 18 dekabr 30 daqiqadan |
Soat 20:00-20:30 |
Payshanba |
O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi |
“Saylov-2019” |
21 noyabr 28 noyabr, 5 dekabr, 12 dekabr, 19 dekabr 30 daqiqadan |
Soat 20:00-20:30 |
Juma |
O‘zbekiston ekologik partiyasi viloyat tashkiloti |
“Saylov-2019” |
22 noyabr, 29 noyabr, 6 dekabr, 13 dekabr, 20 dekabr 30 daqiqadan |
Soat 20:00-20:30 |
Shanba |
Barcha siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida debat |
“Saylov-demokratiya ko‘zgusi” |
30 noyabr, 15 dekabr |
Soat 20:00-20:30 |
Izoh: Mazkur ilovaga asosan bepul ajratiladigan efir hajmidan tashqari siyosiy partiyalarning tele- va radioroliklari efirga yagona 150 soniyali blokda (har bir partiya uchun 30 soniyadan) telekanalda 2 martadan uzatiladi.
Tele- yoki radiokanallar dasturiga o‘zgarish kiritilganda yoki profilaktika bo‘lgan taqdirda, tegishli dasturlarning efirga uzatish vaqti tenglikni saqlagan holda boshqa vaqtga o‘tkazilishi mumkin.
Siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotini o‘tkazishning turlari, shakllari va usullarini mazmun-mohiyatini mustaqil belgilaydilar.
--------------
Viloyat saylov komissiyasining 2019 yil 6 noyabrdagi 14-son qaroriga 2-ilova
Siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti materiallarining viloyat gazetalarida nashr qilish
JADVALI
«ZARAFShON» gazetasi
(18 noyabrdan – 28 noyabrgacha)
Hafta kunlari |
Siyosiy partiyalar |
1-sahifa Anons uchun |
2-sahifa Material uchun |
Chiqish sanasi |
Seshanba |
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ----------------------------------------------- O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Bir sahifa |
19 noyabr --------------- 26 noyabr |
Payshanba |
O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi ----------------------------------------------- O‘zbekiston Ekologik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Bir sahifa |
21 noyabr --------------- 28 noyabr |
Shanba |
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi
|
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Bir sahifa |
23 noyabr |
(1 dekabrdan – 20 dekabrgacha)
Hafta kunlari |
Siyosiy partiyalar |
1-sahifa Anons uchun |
2-sahifa Material uchun |
Chiqish sanasi |
Seshanba |
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ----------------------------------------------- O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
3 dekabr |
Payshanba |
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi ----------------------------------------------- O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
5 dekabr |
Seshanba |
O‘zbekiston Ekologik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
10 dekabr |
Payshanba |
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ----------------------------------------------- O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
12 dekabr |
Seshanba |
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi ----------------------------------------------- O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
17 dekabr |
Payshanba |
O‘zbekiston Ekologik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
19 dekabr |
«SAMARKANDSKIY VESTNIK» gazetasi
Hafta kunlari |
Siyosiy partiyalar |
1-sahifa Anons uchun |
2-sahifa Material uchun |
Chiqish sanasi |
Chorshanba |
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi -------------------------------------------- O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
20 noyabr |
Shanba |
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi -------------------------------------------- O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
23 noyabr |
Chorshanba |
O‘zbekiston Ekologik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
27 noyabr |
Chorshanba |
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi -------------------------------------------- O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
4 dekabr |
Chorshanba |
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi -------------------------------------------- O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
11 dekabr |
Chorshanba |
O‘zbekiston Ekologik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
18 dekabr |
«OVOZI SAMARQAND» gazetasi
Hafta kunlari |
Siyosiy partiyalar |
1-sahifa Anons uchun |
2-sahifa Material uchun |
Chiqish sanasi |
Chorshanba |
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi -------------------------------------------- O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
20 noyabr |
Shanba |
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi -------------------------------------------- O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
23 noyabr |
Chorshanba |
O‘zbekiston Ekologik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
27 noyabr |
Chorshanba |
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi -------------------------------------------- O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
4 dekabr |
Chorshanba |
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi -------------------------------------------- O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
11 dekabr |
Chorshanba |
O‘zbekiston Ekologik partiyasi |
Yuqori qismi o‘ng tomonida |
Yonma-yon har biriga ½ sahifadan |
18 dekabr |
Izoh: Saylovoldi tashviqoti materiallarini chop etish uchun gazetaning ikkinchi sahifasi ajratilib, bu haqda birinchi sahifada qisqa anons beriladi. Agar rasmiy axborot ko‘payib ketsa, saylovoldi tashviqoti materiallarini jadvalda belgilangan chop etish muddati boshqa kunga ko‘chirilishi mumkin.
Nashrga beriladigan materiallar tahririyatga kechi bilan gazeta sahifalanadigan kuni soat 12:00 ga qadar nashr qilinadigan tilda yozma ravishda beriladi. Siyosiy partiyalar nashr maydonlaridan gazeta tahririyatlari bilan kelishgan holda saylovoldi tashviqoti davri uchun ajratilgan umumiy nashr maydoni doirasida saylovoldi tashviqotining boshqa haftalarida foydalanishlari mumkin.