Viloyatimizda o‘quvchi-yoshlar uchun imtiyozli kino chiptalari tayyorlanadi

"Qo‘shrabotkino" davlat unitar korxonasi binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari tayyorlandi. "Jomboykino" DUK binosini kapital ta’mirlash bo‘yicha ham takliflar ishlab chiqilgan. 

Bu haqda O‘zbekkino" milliy Agentlikning viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i Farmon Roziqov “Zarafshon” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 


 

Shuningdek, mutaxassisning ta’kidlashicha, yoz mavsumi oldidan o‘quvchi-yoshlarga mo‘ljallangan imtiyozli kino chiptalari tayyorlash, filmlar namoyishi jarayonida aholidan tushadigan mablag‘lar hisobidan ayrim kinoteatrlarimizni ta’mirlash, jihozlash va boshqa zaruriy uskunalarni xarid qilish, repertuarlarni yangi kinofilmlar bilan boyitish masalalari yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Abdug‘ofur ShERXOLOV.

Intervyuning to‘liq matnini "Zarafshon" gazetasida o‘qing!