Xalq ta’limi tizimiga munosib kadrlar saralanib, ishga qabul qilinmoqda

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Samarqand filiali bilan hamkorlikda viloyat hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlaridagi vakant lavozimlar uchun munosib kadrlar saralab, lavozimga tayinlamoqda.

Bunda vakant lavozimlar Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining vacancy.argos.uz portali orqali e’lon qilinib, tegishli tartibda nomzodlardan hujjatlar qabul qilinmoqda.

Nomzodlar ikki bosqich — sohaga doir bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazuvchi test topshiradi. Keyingi bosqichda belgilangan ballni to‘plagan nomzodlar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Samarqand filiali vakillaridan iborat komissiya a’zolari tomonidan shaffof tarzda saralab olinmoqda.

Bugungi kunda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi buxgalteriya hisobi va davlat xaridlari bo‘limi mutaxassisi, Jomboy va Past Darg‘om tumani xalq ta’limi bo‘limlarining mudir o‘rinbosarlari, Jomboy tumani xalq ta’limi bo‘limining kadrlar bilan ishlash sho‘’basi mutaxassisi hamda Qo‘shrabot tumani xalq ta’limi bo‘limi markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati bosh iqtisodchisi vakant lavozimlari uchun saralash bosqichlari yakunlanmoqda.

Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.