Xalq ta’limi vaziri Samarqand shahridagi maktabning 2 nafar o‘quvchisiga noutbuk sovg‘a qildi
Bu bejiz emas. Samarqand shahridagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ko‘pgina iqtidorli o‘quvchilar tahsil oladi. Bu ularga ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashidan.
Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov ushbu maktabda bo‘lib, ta’lim muassasasining infratuzilmasi, moddiy texnik bazasi bilan tanishdi, yosh pedagogik kadrlar ta’lim berish uslubini o‘rgandi. Ayniqsa, o‘quvchilarning bilimini fanlar kesimi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini aniqlash bo‘yicha savol-javoblar orqali bilib oldi. Natijada maktabning eng iqtidorli ikki nafar o‘quvchisiga zamonaviy noutbuk, 8-sinf o‘quvchilariga badiiy kitoblar to‘plami, yosh pedagogik jamoasiga esa televizor sovg‘a qildi.
- Vazirimizning kutilmagan tashrifi nafaqat men, hattoki jamoam va o‘quvchilarimda katta taassurot qoldirdi, - deydi maktab direktori O. Daminova. - Berilgan rag‘batdan ruhlanib, ta’lim sifatini yanada oshiramiz.