Xalqobodga poytaxtdan qo‘shiqchi va aktyorlar keldi

"Yangi O‘zbekiston - inson qadri ulug‘langan yurt" shiori ostida tadbirlar tumanlarda davom etyapti.

Ishtixon tumani Xalqobod mahallasida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda tumandagi 7 ta mahalladan yoshlar va nuroniylar ishtirok etdi.

Unda poytaxtimizdan kelgan bir guruh taniqli sa’natkorlar, ijodkorlar o‘z chiqishlari bilan tadbirga yig‘ilganlarni xushnud etdi. Iste’dodli shoir Chorsha’m Ro‘ziyev, taniqli aktyor Tolib Xo‘jayev va bir qancha aktyorlar, xonandalar ishtiroki elga manzur bo‘ldi.

Ushbu tadbirlar Narpay tumanining Qoziyoqli mahallasida ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Habibulla Abdullayev, Davlat filarmoniyasi xonandasi Dilmurod Otajonov, Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli xonandasi Ozodbek Tillanazarov ishtirok etib, vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etdi.

Tumanning O‘zbekiston mahallasida o‘tkazilgan tadbirda teatr hamda kino aktyorlar chiqishlari bilan tomoshabinlarning e’tirofini qozondi.

Bu kabi tadbirlar viloyatimizning barcha tuman, mahalla va ovullarida davom etyapti.