Xitoy Kommunistik partiyasining XX s’yezdi: Si Szinpin yadroviy xavfsizlikni mustahkamlashga chaqirdi

Xitoy yadro va kosmik sohalarda, shuningdek, asosiy infratuzilma sohasida xavfsizlikni kuchaytirishi kerak, dedi XKP Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi, Xitoy xalq respublikasi raisi Si Szinpin.

"Iqtisodiyot, asosiy infratuzilma, moliya, internet, ma’lumotlar, biologiya va resurslar, shuningdek, yadroviy, kosmik va dengiz sohalarida xavfsizlik tizimini qurishni kuchaytirish zarur", dedi u.

16-22 oktyabr kunlari Pekinda XKPning XX s’yezdi bo‘lib o‘tmoqda. Unda butun mamlakatdan 96,5 milliondan ortiq partiya a’zolaridan 2300 ga yaqin delegat qatnashmoqda. Qurultoy XKPning besh yillik faoliyatini yakunlaydi, partiya va mamlakat kelgusi besh yilda erishishga intiladigan maqsadlarni belgilaydi, partiya nizomiga o‘zgartirishlar kiritishni ko‘rib chiqadi, shuningdek, Markaziy Qo‘mitaning yangi tarkibini saylaydi.

S’yezd yopilgandan so‘ng, XPK XX Markaziy Qo‘mitasining birinchi plenumi bo‘lib o‘tadi, unda partiyaning yuqori rahbariyati - Siyosiy byuro a’zolari va Siyosiy byuro doimiy qo‘mitasi tayinlanadi. Kuzatuvchilarning fikricha, XKPning amaldagi Bosh kotibi Si Szinpin uchinchi muddatga o‘z lavozimida qoladi.