Xitoy mebelsozlari Samarqandga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Xitoyning mebelsozlik uyushmasi rahbari Guan Peiying bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda Xitoyning mebelsozlik kompaniyalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Erkinjon Turdimov O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida do‘stona hamkorlik munosabatlari rivojlanib borayotganligini bildirib, bugungi muloqot ham ana shu hamkorlik munosabatlarining amaliy ifodasi ekanligini qayd etib o‘tdi.
O‘z navbatida Guan Peiying u rahbarlik qilayotgan uyushma Samarqand viloyatida mebelsozlik sanoatida investitsion hamkorlik o‘rnatish maqsadida ekanligini bildirdi.
Tomonlar bu borada o‘zaro bir-biriga amaliy ishlarga kirishishda ko‘maklashish, imkoniyat yaratish va loyihalar tuzish bo‘yicha fikrlashib oldilar.