Xonanda Sevara Nazarxon - Qo‘qonning so‘nggi xoni Xudoyorxon avlodidan

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Samarqand viloyati «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati jamoasi Farg‘ona vodiysida sayohatda.

Bugun Qo‘qon shahridagi XIX asrning tarixiy yodgorligi -  Qo‘qonning so‘nggi xoni Xudoyorxon saroyida bo‘lgan jurnalistlar bu yerdagi eksponatlar, yaqin tarixdan so‘zlovchi qo‘lyozmalar, suratlar, qurol-aslahalar bilan tanishdi.

Bu yerda Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov samarqandlik jurnalistlar bilan uchrashdi.

Hokim ushbu tarixiy maskan, uning atrofida barpo etilayotgan xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish uchun olib borilayotgan ishlar, shaharda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari haqida gapirdi.

Darvoqe, Xudoyorxon saroyi haqida muxtasar ma’lumot. Majmua XIX asrda qurilgan bo‘lib, bugungi kungacha 114 ta xonaning 19 tasi saqlanib qolingan. Bugun nafaqat Xudoyorxon saroyi saqlanib qolingan,  balki uning avlodlari ham O‘zbekistonda yashamoqda.  Jumladan, xalqimizning sevimli xonandasi Sevara Nazarxon ham Xudoyorxonning sakkizinchi avlodi hisoblanadi.