Xorij voqealari qisqa xabarlarda: AQShning Yevropadagi harbiy bazalari shay holatda. Zelenskiy Rossiyaga zarba berishga ruxsat suradi

🔹 AQShning Yevropadagi harbiy bazalari “Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan tuzilmalar” AQSh harbiy ob’yektlariga qarshi sabotajini ko‘rib chiqayotgani haqidagi razvedka ma’lumotlardan so‘ng shay holatga keltirildi.

🔹 10 iyulga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Odessa viloyati port infratuzilmasiga hujum qildi, natijada ikki kishi halok bo‘lgan, bir kishi jarohat olgan.

🔹 Ukraina qurolli kuchlarining Belgorodga hujumi natijasida bir kishi halok bo‘lgan, ikki kishi jarohatlangan.

🔹 Eronning yangi saylangan prezidenti Masud Pezeshkianning inauguratsiyasi 5 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.

🔹 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hududiga zarba berish bo‘yicha cheklovlar olinishi Ukrainaning boshqariladigan havo bombalaridan himoyasini kuchaytirishini aytdi. "Agar Amerika rahbariyati bizga Qrimdagi Rossiya harbiy va logistika ob’yektlariga chuqur zarba berish uchun zarur imkoniyatlarni taqdim etsa, biz u yerdan bosqinchini siqib chiqara olamiz", degan Ukraina rahbari.

🔹 Rossiya Davlat Dumasi jismoniy shaxslar hamda korxona va tashkilotlar uchun daromad solig‘ini so‘nggi bir asrdagi eng yirik ko‘rinishda oshiruvchi qonun qabul qildi.

🔹 Oq uy sari to‘la tezlikda oshiqayotgan sobiq prezident Donald Tramp prezidentlik poygasida g‘alaba qozonsa, demokratlar bilan qarama-qarshilikdan so‘ng NATOning boshqa davlatlari bilan ham o‘z rahbarligi uchun astoydil kurash olib borishi ma’lum, deyiladi Politicoda. Yevropaning yetakchi davlatlari birinchi muddatda bo‘lganidek injiqlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun Trampning ikkinchi marta kelishiga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda. NATOning Bryusseldagi rasmiylari hatto Tramp ma’muriyati aralashmasligi uchun Ukrainaga uzoq muddatli harbiy yordam ko‘rsatish rejasini ishlab chiqqan.

🔹 1994 yilda AQSh vitse-prezidenti Albert Gor Rossiya rahbari Boris Yelsinga NATOning kengayishi faqat Moskva bilan maslahatlashganidan keyin amalga oshishini va’da qilgani oshkor etildi. Gor 1994 yil dekabrida Yelsinni kasalxonada borib ko‘rgan. O‘shanda davlat rahbari 1995 yilda Rossiyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tayotganda NATO kengaymasligiga kafolat so‘ragan va Gor rozi bo‘lgan, deya xabar tarqatmoqda Rossiya OAV.