Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Argentinada namoyishlar. G7 yetakchilari muzlatilgan Rossiya aktivlarinidan Ukrainaga yordam bermoqchi. Qirg‘iziston uran qazib olishni boshlaydi
🔹 Argentina politsiyasi Buenos-Ayresdagi Kongress binosi oldida yig‘ilgan namoyishchilarni tarqatish uchun suv purkagichlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlardan foydalangan. Namoyishchilar senatorlarni prezident taklif qilgan tejamkorlik va tartibga solish dasturini rad etishga chaqirdi. Kasaba taqdim etgan sog‘liqni saqlash xususidagi va Argentina milliy neft kompaniyasini xususiylashtirish kabi ba’zi nozik mavzular murosaga erishish umidida qoldirildi.
🔹 Gretsiyada rekord darajadagi issiqlik tufayli maktablar va asosiy sayyohlik joylaridan biri bo‘lgan qadimiy Afina Akropoliga kirish yopildi.
🔹 G7 yetakchilarining uchrashuvida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan foydadan Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun foydalanish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlanishi kutilmoqda.
🔹 Pentagon rahbari Lloyd Ostin: Rossiya Ukrainadagi urushda 2022 yil 24 fevraldan beri kamida 350 ming kishini yo‘qotgan.
🔹 Qirg‘iziston parlamenti respublika hududida uran va toriy konlarini o‘zlashtirishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Respublikada uran qazib olish XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab amalga oshirilgan.
🔹 Garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha bitim tuzish yo‘lidagi asosiy to‘siq HAMASning to‘liq va doimiy o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi talabidir. Isroil taklifi muzokaralarni davom ettirish uchun olti haftalik sulhni uzaytirish imkonini bersa-da, HAMAS vaqtinchalik cheklov Isroil tomoniga jangovar harakatlarni davom ettirish va kelishuvni buzish uchun bahona topish imkonini beradi, deb xavotirda.