Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Erdo‘g‘an Livanni himoya qilishda Turkiya ham qatnashishi mumkinligini aytdi. Rossiya davlat dumasi muhojirlarga qarshi "urush"ni davom ettirmoqda

🔹 Eron harbiylari Eronning Isroilga raketa hujumlariga javoban Isroil yoki AQSh zarba bergan taqdirda yana yuzlab raketalarni uchirishga tayyor. 

🔹 Eron prezidenti Masud Pezeshkian Isroilga uyushtirilayotgan raketa hujumi haqida oldindan xabardor qilinmagan. “Hujum Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi harbiy-havo kuchlari tomonidan amalga oshirilgan va mamlakat muntazam armiyasi yoki Eron havo kuchlarining operatsiyasi bo‘lmagan”, deyiladi manbada.

🔹 Eron, agar Isroil ittifoqchilari aralashsa, Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qilishga tayyorligini bildirdi.

🔹 Yaman xusiylari Isroilga qarshi har qanday harbiy amaliyotda qatnashishga tayyorligini ma’lum qildi. Eron esa Isroil yoki AQShning hujumlariga javob qaytarish uchun yuzlab raketalarni tayyorlamoqda. Erdo‘g‘an ham chetda qolmadi. U Livan va G‘azodan keyin Isroil Turkiyaga hujum qilishi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirdi va Livanni himoya qilishda ishtirok etishga va’da berdi.

🔹 Isroil Livandagi quruqlikdagi operatsiyada ishtirok etish uchun yangi qo‘shinlarini jo‘natmoqda. Bugun ertalab Isroil qurolli kuchlari Livan janubidagi 25 ga yaqin qishloq aholisini evakuatsiya qilish haqida yangi ogohlantirish berdi.

🔹 Rossiya davlat dumasi muhojirlarga qarshi "urush"ni davom ettirmoqda. Unda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan beshta qonun loyihasini ko‘rib chiqiladi. Takliflar orasida jinoyatchilik, rus tili imtihoni va boshqalardan tashqari, pensionerlarning xorijliklar bilan soxta nikoh tuzish sxemalari, noqonuniy migratsiyani tashkil qilish va hujjatlarni qalbakilashtirish uchun jazo - 60 million rublgacha jarima ko‘zda tutiladi.

🔹 Yaman xusiylari Isroildagi harbiy nishonlarga qanotli raketalardan hujum uyushtirdi, dedi harakat matbuot kotibi Yahyo Sari. Xusiy voizi Eronning Isroilga zarbasini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, Isroilga qarshi birgalikda harbiy amaliyotlar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

🔹 Tel-Avivda terakt sodir bo‘ldi - ikki terrorchi pichoq va pulemyotlar bilan qurollanib, tramvayda tinch aholiga hujum qildi. Keyin ular mashinadan tushib, avtobus bekatidagi olomonga qarab otishma boshlagan. Isroil politsiyasi 8 kishi halok bo‘lgani va yana 9 kishi yaralanganini ma’lum qildi. Hujumchilar yo‘q qilingan.

🔹 Isroilning Kopengagendagi elchixonasi yaqinida ikkita portlash sodir bo‘lgan, hech kim jabrlanmagan. Uch nafar gumondor qo‘lga olingan.

🔹 Nyu-Yorkda AQSh vitse-prezidentligiga nomzodlar - demokrat Tim Uolz va respublikachi J.D.Vens o‘rtasida debatlar bo‘lib o‘tdi. "Tramp va Vens g‘alaba qozonishi kerak. “Kamala va Uolz”ni 4 yil kuzatishga chiday olmayman. Bu shafqatsiz va g‘ayrioddiy jazo bo‘lardi, deydi Ilon Mask bu borada ijtimoiy tarmoqda.

🔹 Gretsiya janubida uch kundan beri yong‘inlar davom etmoqda. Ikki kishi halok bo‘lgan.