Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Ruminiyada NATOning eng yirik bazasi qurilmoqda. Rossiya saylov uchastkasi binosida portlash sodir bo‘ldi

🔹 Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi eng yirik Al-Shifo kasalxonasiga hujum qildi.

🔹 Ruminiya hududida NATOning Yevropadagi eng yirik bazasi qurilishi boshlandi, qurilish qiymati 2,5 milliard yevroga baholangan. Uning maydoni 2800 gektar, umumiy perimetri 30 km.ni tashkil qiladi.

🔹 Qatar G‘azoda sulh bo‘yicha muzokaralarga mezbonlik qiladi. Isroil Xavfsizlik Mahkamasi G‘azo sektorida vaqtinchalik sulh tuzish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Isroil muzokaralar delegatsiyasining Dohaga (Qatar) jo‘nab ketishini ma’qulladi.

🔹 Rossiyaning Perm shahri saylov uchastkasi binosida portlash yuz berdi. Portlovchi qurilmani madaniyat saroyiga 64 yoshli ayol olib kirgan. Keyin jamoat tartibini buzgan shaxs shifoxonaga yetkazilgan.

🔹 G‘azoda halok bo‘lgan falastinliklar soni 31 645 nafarga yetdi. Bu haqda anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilgan. So‘nggi kunlar ichida Isroil harbiylarining G‘azo sektoridagi amaliyotlari natijasida 92 kishi halok bo‘ldi, 130 kishi yaralangan.

🔹 Qirg‘iziston va Tojikiston yana 10,76 km. chegara bo‘yicha kelishib oldi. Ikki davlat milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari Qamchibek Tashiyev va Saymo‘min Yatimov boshchiligidagi delegatsiyalar kelishuvi Tojikistonda bo‘lib o‘tdi.

🔹 Moskvaga dron hujumi uyushtirildi. Bu haqda Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari Domodedovo aeroporti yaqinida Moskva tomon uchayotgan dronni urib tushirgan.

🔹 AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi. AQSh sobiq rahbarining navbatdagi chiqishida u shunday dedi: “Ishonchim komilki, biz buni uddalaymiz va Baydenga aytamiz: Jo, sen ishdan bo‘shading. Bu yerdan jo‘na! Sen juda yomon ishlading”.

🔹 Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In qizini Kim Chju Eni ommaga oldiga chiqarishda davom etmoqda. Bu safar rahbar ota qizi bilan xalq armiyasi havo-desant kuchlarining o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdi.

🔹 Islandiyada yana vulqon otildi. Otilish meteorologiya xizmati mahalliy vaqt bilan soat 20:22 da vulqon hududida seysmik faollik kuchayganini e’lon qilganidan bir daqiqa o‘tib sodir bo‘lgan.