Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xunuk ayol va basir er haqida qissa

Bir erkak chiroyli qizga uylanibdi. Uning rafiqasiga bo‘lgan sevgisi beqiyos edi. Kunlarning birida xotini kasallikka chalindi va chiroyi kundan kunga uni tark eta boshladi. Eri ish bilan safarga chiqib ketdi va bir muncha vaqt o‘tib, ko‘zi ojiz bo‘lib qaytdi. Hech narsaga qaramay, ular oldingidek yashab ketdi.

Vaqt o‘tishi bilan ayolning go‘zalligidan hech bir alomat qolmadi, ko‘zi ojiz eri esa buni sezmasdi, ular o‘zaro muhabbat og‘ushida yashashda davom etdi. Kun kelib xotini vafot etdi. Qayg‘uga botgan baxsiz er barcha marosimlarni o‘tkazganidan so‘ng, shaharni tark etishga qaror qildi.

Qarindoshlari uni bu fikridan qaytarishga harakat qilishdi:

- Yaxshisi shu yerda qolaqol. Shuncha vaqtdan beri xotining qo‘lingdan tutib yurishga yordam berardi. Birovning yordamisiz qanday yurasan, axir, – dedi ular.

- Mening ko‘zlarim ko‘r emas, - javob berdi erkak. - Xotinim uning xunukligi haqida o‘ylashim mumkinligini bilsa, bu unga kasallikdan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishini bilib, o‘zimni ojiz qilib ko‘rsatdim. U yaxshi xotin edi, qisqa hayoti davomida men faqatgina uning baxtli ko‘rishni istagandim, - dedi erkak.

Qissadan hissa shuki, ba’zida biz o‘zimizni ko‘r qilib ko‘rsatib, boshqalarning kamchiligini sezmaganimiz ma’qul. Tishlar qanchalik tilni tiyishga harakat qilmasa, ular baribir bir og‘izda birga qoladi. Bu - kechirish kuchidir.

Garchi ko‘zlar bir-birini ko‘rish uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsa ham, ular birgalikda dunyoga qaraydi, birga yig‘laydi, bir vaqtning o‘zida miltillaydi. Bu - birlashuvdir.

Insoniy munosabatlarning boqiyligi ham shundaki, bir–birimizsiz biz hech kim emasmiz. Har bir insonning muhimligini belgilab beradigan o‘ziga xos maqsadlari bor. Biz atrofimizdagi odamlarga, yaqinlarimiz hayotiga e’tibor bilan qarashimiz va har birimiz avvalambor o‘zimizni axloqiy jihatdan yaxshilashimiz, boshqalar va dunyomiz bilan uyg‘un munosabatlar o‘rnatishga intilishimiz lozim. Bir-biringizni asrang, azizlar!

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.