“Yadro urushida g‘oliblar bo‘lmaydi va u hech qachon boshlanmasligi kerak”: Yadroviy “beshlik” yetakchilari qurollanish poygasiga yo‘l qo‘ymasligini e’lon qildi

Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Fransiya qurollanish poygasi va yadro urushining oldini olish bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qildi. Hujjat mamlakatlar prezidentlari va hukumatlarining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan.

Bayonotda “Yadro urushida g‘oliblar bo‘lmaydi va u hech qachon boshlanmasligi kerak” deya ta’kidlanadi. Tomonlar yadro arsenallarining faqat mudofaa maqsadini qo‘llab-quvvatlagan va bunday qurollar tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaslikni yana bir bor ta’kidlagan.

Qurolsizlanish bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarlikka alohida urg‘u berilgan holda, yadro qurolini bir-biri yoki boshqa davlatlarga qaratmaslik va’dalari takror aytildi. Beshta yadroviy davlat harbiy qarama-qarshilikka yo‘l qo‘ymasligi va qurollanish poygasining oldini olish niyatida ekani e’lon qilindi.

Rossiya TIVning ta’kidlashicha, ushbu bayonot yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha bo‘lajak konferensiya bahonasida Moskva tashabbusi bilan qabul qilindi. Konferensiya shu hafta boshida boshlanishi kerak edi. Biroq epidemik vaziyat tufayli keyinga qoldirildi.

Pekin bu bayonotni “o‘zaro ishonchni mustahkamlashga hissa” hamda “yirik davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va qarama-qarshilikka qo‘yilgan qo‘yilgan qadam” deb atadi.