Yangi ekoturizm ob’yekti Urgutda tashkil etilmoqda

Samarqand viloyatidagi ekoturizm ob’yektlari soni yana bittaga ortmoqda. Urgut tumanidagi So‘fiyon mahallasida «Abdunabi maishiy servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan shunday majmua kompleksi loyihasini amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi.

Ekoturizm maskani tashkil etiladigan hudud Urgut tog‘larining yuqori qismida joylashgan. Kompleks hududida dam olish, suzish, tabiatdan bahramand bo‘lish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Loyihaning umumiy qiymati 16 milliard so‘mni tashkil qiladi. Ikki bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning ilk bosqichi shu yilning uchinchi choragida ishga tushirilishi mo‘ljallangan.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.