1 sentyabrdan o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etiladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etiladi. Avvalroq bu jarayon 2024/2025 o‘quv yiliga qadar kechiktirilgan edi.

Uza.uz xabariga ko‘ra, 2022 yil 1 iyungacha hududlar kesimida 2022/2023 o‘quv yilida maktab formalariga ehtiyoj aniqlanadi.

Kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy byudjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan sotib olinishida ko‘mak beriladi.

Shuningdek, 2022 yil 10 avgustdan har bir tuman (shahar)da maktab formasi ishlab chiquvchilarning savdo shoxobchalari tashkil etiladi.