Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yangi O‘zbekistonni birga quramiz!

Samarqand shahridagi viloyat musiqali drama teatri oldida ana shu shior ostida targ‘ibot aksiyasi o‘tkazilmoqda.

“Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan tashkil etilgan tadbirda siyosiy partiyalar vakillari, tadbirkorlar, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etyapti.

Tadbir ochilishida viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov, “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat bo‘limi rahbari Sh.Jo‘raqulov, viloyat saylov komissiyasi raisi S.Nuriyev so‘zga chiqib, o‘tkazilayotgan aksiyaning mazmun-mohiyati xususida fikr bildirdi.

Tadbirlar nafaqat viloyatimiz shahar va tumlari, balki respublikamizning barcha hududlarida bir vaqtda boshlandi.

Aksiyada taniqlik san’atkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilgan bo‘lib, saylovga tayyorgarlik jarayonlari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida axborotlar berilmoqda. Shuningdek, 22 dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtirok etishning ahamiyati yuzasidan tushunchalar berilmoqda.

Poytaxtlik va samarqandlik san’atkorlar tomonidan ijro etilayotgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlayotir.

Baxtiyor MUSTANOV.