Yangi qiyofa kasb etgan Narpay ko‘chasi foydalanishga topshirildi

Samarqand shahri kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbir shaharda yangicha qiyofa kasb etgan Narpay ko‘chasining foydalanishga topshirilish marosimi bilan davom etdi.

Keyingi yillarda Kimyogarlar shaharchasida aholi uchun bir qator qulayliklar yaratildi, - deydi O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov. - Yangi ko‘rinishga ega bo‘lgan Narpay ko‘chasi shaharchaliklar uchun yana bir qulaylik yaratdi.

Ta’kidlash zarurki, Narpay ko‘chasi shaharning eng serqatnov yo‘llaridan biri bo‘lib, "Samarqand yo‘llardan muntazam foydalanish" unitar korxonasi tomonidan mazkur 5 ming 553 metr uzunlikdagi ko‘chada ta’mirlash ishlari olib borildi.

Mazkur ko‘cha Samarqand shahrini Past Darg‘om va Nurobod tumanlari bilan bog‘laydi.