Yangi markazda 58 xil davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ma’lum qilindi.
Bu yangi tuzilma Prezidentimizning 2017 yil 12 dekabrdagi farmoni asosida tashkil etilib, sobiq "Yagona darcha" markazlarining vakolatlarini to‘la bajaradi va bosqichma-bosqich qo‘shimcha xizmat turlarini ham ko‘paytirib boradi.
– Xizmat ko‘rsatishning bunday turi qabul qilinishiga avvalgi davlat xizmatlari ko‘rsatishning tartibi bir muncha murakkab va foydalanish uchun qiyin bo‘lib qolganligi sabab bo‘ldi, – deydi Davlat xizmatlari agentligi viloyat hududiy boshqarmasi mas’ul xodimi Alisher Primov. – Prezident farmoni bilan bu tizim qaytadan tashkil etildi va faqat tadbirkorlar emas, aholining barcha qatlamlari belgilangan xizmat turlari bo‘yicha davlat markazlari xizmatining tuman-shaharlardagi bo‘limlariga murojaat etishlari mumkin bo‘ldi. Endilikda bu yerda har bir kishi avvalgi 33 ta xizmat turlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi va 2020 yilning so‘ngiga qadar 58 turdagi davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
O‘ktam XUDOYBERDIYeV.