Yaponiyaning Osaka shahridagi yong‘in qurbonlari soni 24 kishiga yetdi

NHK telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t qo‘yishda gumon qilinayotgan erkak chiqish yo‘lini to‘sib qo‘yib odamlarning yonayotgan binodan qochishiga to‘sqinlik qilgan.

Savdo maydonidagi sakkiz qavatli binoning yongan to‘rtinchi qavatida terapevtik va psixologik yordam ko‘rsatish klinikasi joylashgan edi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bemorlardan biri o‘zi bilan olib kelgan suyuqlik yordamida o‘t qo‘ygan.

Alanga qochish uchun zinapoya va liftga yagona yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Odamlar yashirinishga uringan binoda is gazi bilan zaharlangan.

Tergovchilar binoni ko‘zdan kechirib, videokuzatuv kameralaridan materiallarni suratga olishdi. Yozuvlarda bir kishi kiraverishda qo‘llarini keng yoygan holda odamlarni binodan chiqishga to‘sqinlik qilayotgani aks etgan.

Yaralangan 17 erkak va 11 ayoldan faqat to‘rt nafari tirik qolgan. Shuningdek, tibbiyot muassasasida gumondor - 61 yoshli Tanimoto Sigeo ham bor.

Osakada yong‘in 17 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 10:00 larda boshlangan, binoning to‘rtinchi qavati butunlay yonib ketgan. Voqea joyiga 70 ga yaqin o‘t o‘chirish va tez yordam mashinalari yetib kelgan. Avvalroq 19 kishi halok bo‘lgani, qolgan qurbonlarning ahvoli og‘ir ekani haqida xabar berilgan edi.