Yarmi cho‘kib, yarmi suv ustida qalqib turgan kemalar
Halokatga tushgan har bir kema ham o‘z sayohatini okeanlar tubida tugatmaydi. Ularning ba’zilari uzoq vaqt davomida ag‘darilgan holda suzib yuradi. Bugun dengiz hali o‘z domiga tortib olishga ulgurmagan kemalarni ko‘rib chiqamiz.
World Discoverer
World Discoverer qutb kengliklaridagi kruiz sayohatlari uchun mo‘ljallangankema korpusi qutb muzlariga dosh bera oladigan tarzda 1974 yilda qurilgan edi. Kema 2000 yilning 30 aprelida xaritada belgilanmagan suv osti qoyasiga urilib jiddiy shikastlangan. Kapitan kemaning cho‘kib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaror qilgan va unisayozlikka qo‘ndira olishga muvaffaq bo‘lgan. Qarovsiz qolib ketgan kema keyinchalik talon-toroj qilingan. Hozirda romantizm muxlislari uchun mashhur joyga aylangan World Discoverer dengizda abadiy muhrlangancha turadi.
Mediterranean Sky
1952 yilda Nyukasl kemasozlik korxonasida qurilgan MediterraneanSky kruiz laynerining so‘nggi sayohati 1996 yilning yozida bo‘lib o‘tadi. Kemaga egalik qilgan kompaniya keyinchalik moliyaviy inqirozga uchraydi va u hibsga olinadi. 1999 yilda Gretsiya qirg‘oqlariga ko‘chirilgan kema 3 yildan so‘ng asta-sekin suvga to‘la boshlaydi, shu sababliushatakka olinib, sayoz joyga ko‘chiriladi. 2003 yilda Mediterranean Sky bir tomonga ag‘dariladi va 19 yil davomida shu holatda qolmoqda.
"F 313 HelgeIngstad" fregati
2018 yilning noyabr oyida NATO mashg‘ulotlaridan qaytayotgan Norvegiyaning “F 313 Helge Ingstad” fregati “Sola TS” tijoriy tankeri tomonidan sidirib yuboriladi. To‘qnashuv 8 noyabr kuni mahalliy soat bilan 4.03da Norvegiyaning g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinidagi Hordalann atrofida sodir bo‘ladi. Jiddiy shikast yetkazilgan fregat ekipaj tomonidan tashlab ketilgan va to‘liq cho‘kib ketmasligi uchun u Edneseta hududidagi qirg‘oqqa qadab qo‘yilgan.
“Ibrohim Yokim” yuk kemasi
2010 yilning dekabr oyida Nikolayev portidan Turkiyaga yo‘l olgan “Ibrohim Yokim” yuk kemasi Qrimning g‘arbiy qirg‘og‘i mintaqasida bo‘ronga uchraydi. Ekipaj Tarxankut burni yaqinida langar tashlashga harakat qiladi. Biroq bo‘ron korpusida yoriq hosil bo‘lgan kemani langardan uzib tashlaydi vau qirg‘oqdan bir kilometr narida cho‘ka boshlaydi. Suriya va Hindiston fuqarolaridan iborat ekipajning 15 a’zosidan hech biri jabrlanmaydi.
Ikkiga bo‘lingan kemaning old qismi cho‘kib ketadi, orqa qismi hali ham suv ustida qad ko‘targancha turibdi.
HMAS Protector
"HMAS Protector" 1884 yilda Janubiy Avstraliya hukumati tomonidan qirg‘oq chiziqi hujumlaridan himoya qilish maqsadida sotib olingan. Bu kema Birinchi jahon urushi va Ikkinchi jahon urushini ham qisman boshdan kechirgan.
Taqdir taqozosi bilan 1943 yilning iyul oyida Yangi Gvineyaga ketayotgan burg‘ulash qayig‘i bilan to‘qnashib ketgan "HMAS Protector"ning zanglagan qoldiqlarini hamon o‘sha joyda ko‘rish mumkin.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.