«Yashil yo‘lak»da 102 ta qora ishlar fosh etildi
Shuningdek, 8 ta holatda 577,22 gramm zargarlik buyumlari, 9 ta holatda tibbiy amaliyotda foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan 1510 dona dori vositalari va tibbiyot buyumlari, 69 ta xolatda 8119 ta pornografik mazmundagi va shafqatsizlikni targ‘ib etuvchi mahsulotlar, 50 dona patron gilzalarini ham aynan “yashil yo‘lak” niqobida qonunga xilof ravishda olib kirilishida fosh etilgan. Mazkur holatlar yuzasidan bojxona tartib qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ishlar yuritilgan.
Xalqimizda, “Dardni yashirsang, isitmasi oshkor qilar” – degan dono gap bor. Shunday ekan yaratilgan imkoniyat va qulayliklardan to‘g‘ri foydalanishimiz, qonunlarni hurmat qilishimiz lozim bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, hurmatli fuqarolar shuni unutmangki, tadbirkorlar va jismoniy shaxslar iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida viloyat bojxona boshqarmasida 233-63-00 raqamli “Ishonch telefoni” faoliyat olib bormoqda. Unga muvofiq “Ishonch telefoni” orqali jismoniy yoki yuridik shaxslar bojxona organlari xodimlarining noqonuniy hatti-harakatlari hamda sodir etilgan va sodir etilayotgan jinoyatlar haqidagi ma’lumotlarni, xabar, ariza, shikoyat va takliflar ko‘rinishida taqdim etishlari mumkin.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.