YHXB: Ayrim xizmat ko‘rsatish turlari faoliyati qayta tiklandi

Joriy yilning 4 may kunidan boshlab fuqarorlarga Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan quyidagi xizmat ko‘rsatish turlari faoliyati qayta tiklanganligini ma’lum qiladi:

- Transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;

- Haydovchilik guvohnomalarini olish va yangilash;

- Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish;

- Ma’muriy huquqbuzarlik materiallarini ko‘rib chiqish va shu yo‘nalish bo‘yicha fuqarolarni qabul qilish.

Samarqand viloyati IIB YHXBga yuqorida qayd etilgan masalalar bilan murojaat qilgan har bir fuqaroning karantin talablari hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq  amal qilishi shart.

Shuningdek, fuqarolarning tibbiy himoya niqobida bo‘lishi, qo‘llariga qo‘lqop kiyishi, shaxslar orasidagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani saqlashi so‘raladi.

Karantin qoidalariga rioya etmaslik - bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, ya’ni 223 000 so‘m miqdorida, mazkur holat qayta takrorlangan holda - bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravari, ya’ni 669 000 so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Hurmatli fuqaro, doimo shaxsiy himoya vositasini olib yuring, tibbiy niqobni taqing. O‘zingiz va boshqalarni “Covid-19” koronavirusini yuqtirishdan asrang!

Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati.