Yil boshidan qidiruvda yurgan 1 508 nafar va bedarak yo‘qolgan 157 nafar shaxs aniqlandi
Joriy yil 10 oyi mobaynida IIV tizimi xodimlari tomonidan 4000 dan ziyod jinoyat fosh etilgan. Bu haqda AOKAda Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Shuningdek, qidiruvda yurgan 1 508 nafar va bedarak yo‘qolgan 157 nafar shaxs aniqlangan.
Hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan buyumlarni olib yurgan jami 56 315 nafar shaxs aniqlanib, ulardan jami 56 406 dona (45 824 dona pichoq, 800 dona bita, 1 122 dona kastet, suriken va kisteni hamda 8 660 dona boshqa) hayot va sog‘liq uchun xavfli buyumlar olib qo‘yilgan.
Tabiat boyliklarini asrab-avaylash, brakonerlikka qarshi kurash, qonunga xilof ravishda o‘simlik va hayvonot dunyosi resurslarini ovlash, sotish va respublikamizdan olib chiqish hollari oldini olish borasida hamkorlikda 12 871 marotaba yo‘naltirilgan reydlar va maqsadli tekshiruvlar o‘tkazilishi natijasida jami 2 547 nafar huquqbuzar aniqlandi. Brakonerlarga 6 mlrd 119 mln 928 ming 600 so‘m miqdorida jarima solingan.