Jinoiy guruh a’zolari qidirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida bir nechta o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan jinoiy guruh a’zolari qidirilmoqda.
Xususan, 1991 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Boborajabov Adham Emomaliyevich, Sariosiyo tumani, "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inida doimiy ro‘yxatda turadi. Toshkent shahar, Chilonzor-12 mavzesida vaqtincha yashab kelgan.
1982 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Nasirov Akobirjon Ikramovich, Past Darg‘om tumani, "Sanchiqul" mahalla fuqarolar yig‘inida doimiy ro‘yxatda turadi. Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida vaqtincha yashab kelgan.
1979 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan Boboyev Sharofiddin Madiyevich, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 18-dahada ro‘yxatda turib, yashab kelgan.
IIV JQBB Qidiruv ishini tashkil etish boshqarmasi ushbu shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan zudlik bilan «102» yoki 71-231-34-33 telefon raqamiga xabar berishlarini so‘ragan va xabar qoldirgan kishi haqidagi ma’lumot sir saqlanishini ma’lum qilgan.