Yil oxirigacha Samarqandda ikkita mikro va kichik GESlar quriladi

Yig‘ilishda hududlarda mikro va kichik GESlar qurish uchun maydonlar belgilanib, jami 56 megavattli 200 ta loyiha ishlab chiqilgani ta’kidlandi.

Bunda:
- 500 kilovattgacha bo‘lgan GESlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining boshlang‘ich xarid narxi tadbirkorlar uchun jozibador tariflarda belgilanadi;

- loyiha uchun yer uchastkasi auksion g‘olibiga uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Shu bilan birga, 1 megavattgacha quyosh va shamol, 5 megavattgacha mikroGESlarning ortiqcha elektr energiyasi kamida 10 yil davomida davlat tomonidan kafolatli xarid qilinadi.

Yil yakuniga qadar Andijon viloyatida 15 ta, Namanganda 10 ta, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida 6 tadan, Samarqand, Sirdaryoda 2 tadan, Buxoro, Jizzax, Farg‘onada 1 tadan loyihani boshlashga ko‘rsatma berildi.

Umuman, mamlakatimiz gidroenergetika salohiyatini hisob-kitob qilib, xususiy sheriklik loyihalarini boshlash topshirildi.