Yo‘qolgan guvohnoma egasiga qaytarildi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda kattaqo‘rg‘onlik 2014 yilda tug‘ilgan Muslima Hosilovaga tegishli tug‘ilganlik  guvohnomasi topib olinganligi to‘g‘risidagi e’lonlar tarqalgan edi.

Boshqarmamizda ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida tezkor chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, “Yagona FHDYo elektron arxivi” tizimi orqali ko‘rilganda ushbu guvohnoma mazkur tumanning Bog‘ot mahallasida yashovchi Dilrabo Hosilovaning farzandiga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Tuman FHDYo bo‘limi tomonidan joyiga chiqqan holda guvohnoma o‘z egasiga topshirildi.

- E’tiborsizlik tufayli guvohnomani yo‘qotib qo‘ygan edim, - deydi D.Hosilova. - Qizim 1-guruh nogironi. Toshkentga davolanish uchun olib ketayotgan vaqtim shu ko‘ngilsizlik sodir bo‘ldi. Tuman FHDYo bo‘limi xodimlari qo‘ng‘iroq qilib, guvohnomani topilgani haqida aytishib, uyimga olib kelib berishdi. Uni izlab, sarson bo‘layotgandim.

Ma’lumot o‘rnida qayd qilish joizki, FXDYo arxiv ma’lumotnomalari va axborotini olish imkoniyatini beruvchi yagona elektron arxivi tizimi idoralararo integratsiyalashuv, elektron hamkorlikni kengaytirish orqali byurokratik to‘siqlar, korrupsiya holatlarini yuzaga kelishining oldini oladi.

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati.